30 yanvar kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

  • 29 yanvar 2019, 18:45
  • 3 445
  • O‘zbekiston
  • 30 yanvar kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti
    Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 yanvar kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metrgacha kuchayishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi). Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi (yomgʻir, qor yogʻadi). Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq boʻladi.

    » » 30 yanvar kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti