11:00 / 30.01.2019
4 533

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi

Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

2019 yil 1 apreldan boshlab:

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanishi;

barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligiga asoslangan holda baholash;

aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Belgilanishicha, 2019 yil 1 apreldan boshlab:

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish va ma’qullash jarayonida ular Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalarini taqdim etadilar;

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi