16:27 / 30.01.2019
6 268

O‘zbekiston "Dunyoning eng xavfsiz davlatlari" reytingiga kiritilmadi

O‘zbekiston "Dunyoning eng xavfsiz davlatlari" reytingiga kiritilmadi
Ingliz tilida o‘z faoliyatini olib boruvchi Global Finance jurnali dunyodagi eng xavfsiz bo‘lgan 128 davlatdan iborat reytingni tuzdi.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxat harbiy mojarolar yuz berishi ehtimoli, iqtisodiy rivojlanish darajasi, tabiiy ofatlar va mamlakatda yashovchi aholi xavfsizligiga tahdidlar ehtimoli kabi mezonlarga asoslangan holda tuzilgan. Islandiya birinchi o‘rinni egalladi, Avstriya, Portugaliya, Finlyandiya va Shveysariya TOP-5 dan o‘rin oldi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilmagan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 44-o‘rinni, Tojikiston 68-o‘rinni, Qirg‘iziston 89-o‘rinni egalladi. Rossiya 108-pog‘onada, Ukraina - 116.

Ro‘yxatning eng quyi o‘rinlaridan Gvatemala, Yaman va Filippin joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston "Dunyoning eng xavfsiz davlatlari" reytingiga kiritilmadi