16:26 / 31.01.2019
8 586

Oʻzbekiston Yak-130 harbiy samolyotlarini sotib olish boʻyicha muzokaralar boshladi

Oʻzbekiston Yak-130 harbiy samolyotlarini sotib olish boʻyicha muzokaralar boshladi
Oʻzbekiston Rossiyadan Yak-130 rusumli oʻquv-jangovar samolyotlarni sotib olish boʻyicha muzokaralar boshladi. Bu haqda “Kommersantʼ” gazetasiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

“Oʻzbekiston ham Yak-130ʻga qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi”, - deya taʼkidlaydi nashr.
Soʻnggi yillarda Yak-130ʻni Bangladesh, Myanma, Belarus va hatto Laos sotib olgan (2018 yil dekabrda u yerga toʻrtta shunday mashina yetkazib berildi).

Yak-130 - ikki oʻrinli oʻquv-jangovar samolyot boʻlib, zamonaviy harbiy aviatsiya, jumladan, manyovr qilishga kuchli qiruvchi samolyotlar uchuvchilarini tayyorlash uchun moʻljallangan. Qanotli mashinaning dasturlashtiriladigan boshqaruv tizimi kursantlar parvozga tayyorlanadigan samolyot turining oʻziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishga imkon beradi.

Yak-130ʻda oʻzgartiriluvchi va erkin tushuvchi aviabombalar, boshqarilmaydigan raketalar va osma konteynerlardagi 23 mm.lik GSH-23L aviatsiya zambaraklari joylashtirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston Yak-130 harbiy samolyotlarini sotib olish boʻyicha muzokaralar boshladi