Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-6 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Yakshanba kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 fevral kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 fevral kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5 fevral kuni esa qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…-7, kunduzi +2…+7, 5-6 fevral kunlari kechasi -9…-17, kunduzi -3…-10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5 fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi -3…+2, kunduzi +10…+15, 4 fevralda kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi. 5-6 fevral kunlari kechasi -7…-12, kunduzi -2…-7 darajani tashkil qiladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5 fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…+5, 5-6 fevral kunlari 5…-10, 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 5-6 fevral kunlari ayrim joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi 0…+5, 4-6 fevral kunlari 3…-8, 3-4 fevral kunlari kunduzi +10…+15, 5-6 fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi -3…+2, kunduzi 0…+5, 5-6 fevral kunlari kechasi -13…-18, kunduzi -10…-15 daraja bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi