06:32 / 03.02.2019
5 906

O‘zbekiston 45 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi

O‘zbekiston 45 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi
Bugungi kunda O‘zbekistonda 45 mamlakat fuqarolari uchun viza rejimi va 76 mamlakat fuqarolari uchun viza olishning soddalashtirilgan tartibi kuchga kirdi.

Shunday qilib, turizmni rivojlantirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonunni hayotga tatbiq etishga kirishildi. 45 mamlakatning aksariyat qismi Evropa Ittifoqiga a’zo. Hozirda Ittifoqning fuqarolari O‘zbekistonda 30 kunni vizasiz o‘tkazishlari mumkin.

Qonun shuningdek, 76 mamlakat fuqarolari 2 kun ichida qabul qilishlari mumkin bo‘lgan elektron vizalar tizimini joriy etishni ham nazarda tutadi.

Qonun kuchga kirganidan keyin fuqarolari viza rejimi bekor qilingan mamlakatlar soni 64 taga yetdi. 130 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga viza olishning soddalashtirilgan tizimidan foydalanishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston 45 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi