19:36 / 04.02.2019
4 757

O‘zbekiston «Bolajon xalqlar» reytingida nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston «Bolajon xalqlar» reytingida nechanchi o‘rinda?
Mamlakat rahbarining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini ko‘rdik, eshitdik. Unda qamrab olinmagan jabhaning o‘zi yo‘q edi, to‘g‘rimi? Ayniqsa, ta’lim va tarbiya masalasiga alohida to‘xtaldiki, bu bejiz emas.

Shu mavzuda aytgan gaplarni yana bir karra eslaylik: «Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritish, ya’ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart!»

O‘zMTDP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan ushbu Murojaatnoma bo‘yicha o‘tkazilgan davra suhbatida ayni mavzuga alohida e’tibor qaratilar ekan, ta’lim-tarbiya masalasi og‘riqli nuqtamiz ekani yana bir karra oshkor bo‘ldi-qo‘ydi. Ya’ni, tadbirda aytildiki, xalqimiz bolajon, bolaparvar, deb xo‘b gapiramiz, ammo «Bolajon xalqlar» xalqaro reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda turadi? Hatto yuztalikka ham kirmas ekan!

Ya’ni, xalqaro reyting oilada bolalarning soniga emas, ularga ta’lim-tarbiya berish, investitsiya kiritish, yedirib-ichirish, kiyintirish, vaqt ajratish bo‘yicha o‘ziga yarasha talablar, me’yorlar bor ekan. Biz esa bugungi kunda bolamizning qornini to‘ydirib, ustini but qilish va qo‘liga qimmatbaho «sotka» olib berish bilan ota-onalik burchimizni bajaryapmiz go‘yo...

Xulosa? O‘zingizga tan!
Ravshan Mahmudov

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston «Bolajon xalqlar» reytingida nechanchi o‘rinda?