5 443
Amerikalik general: "O‘zbekiston AQShdan xarid qilmoqchi bo‘lgan tizimlar va uskunalar ro‘yxatini taqdim etdi"
Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyadan harbiy xaridlarni to‘xtatishi va AQSh bilan shartnomalarga e’tibor qaratishiga erishmoqchi. Bu haqda seshanba kuni AQSh Kongressi Senatining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvlarda AQSh QK Markaziy qo‘mondonligi (SENTKOM) boshlig‘i general Jozef Votel yozma kirish so‘zida ma’lum qildi.
«Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirishga harakat qilmoqdamiz, ammo Amerika tizimlariga bo‘lgan yuqori narxlar bundan keyin ham Qozog‘iston kabi mamlakatlar uchun muammo tug‘diradi», - dedi u.
«O‘zbekiston o‘z harbiy xaridlarini diversifikatsiya qilishdan manfaatdorligini bildirdi va xarid qilmoqchi bo‘lgan Amerika tizimlari hamda uskunalari ro‘yxatini taqdim etdi. Bunday manfaatdorlik O‘zbekistonni Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirish va munosabatlarimizni chuqurlashtirish uchun noyob imkoniyatdir», - dedi Votel.
«Biz Tojikiston bilan harbiy sohadagi munosabatlarni mustahkamlashni davom ettirmoqdamiz, bu Moskva o‘z ta’sirini kuchaytirayotgani hamda mamlakat poytaxti yaqinidagi bazada harbiy ishtirokini kengaytirayotganiga qaramay yuz bermoqda», - deya ma’lum qilgan general. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin