14:20 / 07.02.2019
5 395

O‘zbekistonda yangi milliy strategiya tasdiqlanadi

O‘zbekistonda yangi milliy strategiya tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2019-2030 yillarda bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan 2019-2030 yillarda bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va 2019-2030 yillarda bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.

2019-2030 yillarga mo‘ljallangan biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategiyaga ko‘ra, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish, ekologik tizimlarni muhofaza qilishni, oziq-ovqat xavfsizligini, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni, mamlakat barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun 2030 yilgacha quyidagi Milliy strategik maqsadlar belgilandi:
- biologik xilma-xillik masalalarini davlat va boshqaruv organlari va barcha jamiyat faoliyatiga kiritish;
- biologik xilma-xillikka bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosimni kamaytirish, mahsuldor landshaftlarda uning komponentlaridan barqaror foydalanish;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizim xizmatlari taqdim etayotgan naflar (foydalar) hajmini oshirish;
- rejalashtirish, salohiyatni oshirish, moliyalashtirish mexanizmini rivojlantirish orqali biologik xilma-xillikni samarali saqlash va undan barqaror foydalanish.

Biologik xilma-xillik mavzusini davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va barcha jamiyat faoliyatiga tatbiq qilish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
- atrof-tabiiy muhitni davlat monitoringi tizimi tarkibini biologik xilma-xillik komponentlarini kengroq monitoring qilish orqali kengaytirish hisobiga takomillashtirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda jamiyatning barcha tabaqalarining biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlari qiymati haqidagi bilim va xabardorligini oshirish;
- rejalashtirish jarayoniga biologik xilma-xillikni va ekotizim xizmatlarini iqtisodiy baholash mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish;
- davlat ekologik ekspertizasi doirasida atrof-muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari iyerarxiyasini nazarda tutadigan, atrof-muhitga ta’siri haqidagi ariza (ZVOS), loyihalariga xalqaro talabalarni ishlab chiqish va tatbiq etish.

Atrof-muhit muhofazasi chora-tadbirlari, aynan tashkiliy, texnik, texnologik tadbirlarni o‘z ichiga olgan holda, salbiy ta’sirni oldini olish va kamaytirish, tabiiy ob’ektlarni qayta tiklash, o‘simlik va hayvonot dunyosiga keltirilgan zararni o‘rnini qoplash, bu tadbirlarning samaradorligini baholash va amalga oshirish imkoniyatlarini qamrab olishi kerak.

Biologik xilma-xillikka bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosimni kamaytirish, mahsuldor landshaftlarda uning komponentlaridan barqaror foydalanish uchun quyidagi masalalarni yechish zarur:
- eng zaif bo‘lgan tabiiy ekologik tizimlarning tanazzuli va fragmentatsiyalanishi tezligini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni boshlash;
- takomillashtirilgan huquqiy va metodologik asosda suv havzalarining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizim xizmatlari taqdim etayotgan naflar (foydalar) hajmini oshirish uchun quyidagi masalalarni hal etish lozim:
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning (birinchi navbatda davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari) umumiy maydonini kengaytirish va ularni samarali boshqarishni ta’minlash;
- oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishda va qishloq xo‘jaligini yuritishda qo‘llaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish.

Rejalashtirish, salohiyatni oshirish, moliyalashtirish mexanizmini rivojlantirish orqali biologik xilma-xillikni samarali saqlash va undan barqaror foydalanish.uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:

milliy, hududiy va tarmoqlarni rivojlantirish rejalariga ularning bir qismi sifatida biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy Strategiya va Harakatlar rejasi talablarini kiritish va amalga oshirish kerak.

Milliy strategiyani amalga oshirish Harakatlar rejasida ko‘rsatilgan tadbirlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi orqali amalga oshiriladi.

Uning qoidalari O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan iqlim o‘zgarishi, cho‘llanishga qarshi kurash, suv resurslaridan foydalanish va transchegara suv oqimlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarga integratsiyalanadi.

Milliy strategiya milliy va hududiy darajada atrof-muhit muhofazasi harakatlar rejasini ishlab chiqishda, atrof-muhit monitoringi bilan bog‘liq davlat va tarmoqlar ilmiy-texnik dasturlarida, fundamental va amaliy tadqiqotlarda, tarmoqlar rivojlanish dasturlarida, biologik xilma-xillikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadigan bosimni kamaytirishda, muhofaza etiladigan hududlarni rivojlantirishda, ekotizim xizmatlari va iqlim o‘zgarishiga moslashishni hisobga olgan holda biologik xilma-xillikni samarali saqlashni va barqaror foydalanish kuchaytirishda, o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlanishida, yaylovlarni barqaror boshqarishda, suv resurslarini muhofaza etish va boshqalar bilan bog‘liq ishlarda huquqiy asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Mas’ul ijrochilar quyidagilarni ta’minlaydilar:
- chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish, ularni amalga oshirilishi uchun aniq choralar ishlab chiqishni;
- maqsadli moliya mablag‘laridan samarali foydalanishni;
- Vazirlar Mahkamasiga chora-tadbirlar bajarilishi yuzasidan har yil oldingi yil uchun hisobot taqdim etishni;
- O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi uning bajarilishi yuzasidan ishni muvofiqlashtiradi va nazorat qildi. Zarurat tug‘ilganda chora-tadbirlar ijrochilarini tarkibini o‘zgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishni, idoralararo muvofiqlashtirish guruhlarini va kengashlarni tuzishni.

Milliy strategiyani amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalari ma’sul ijrochilarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari, joriy va rejalashtirilayotgan milliy va xalqaro loyihalar grant mablag‘lari bo‘lib hisoblanadi. Tegishli xollarda BMTning maxsus muassasalari, xalqaro organlar va moliya tashkilotlarining mablag‘laridan foydalaniladi.

Milliy strategiyani to‘liq va o‘z muddatlarida amalga oshirish yakunlaridan so‘ng quyidagi natijalarga erishiladi:
- xo‘jalik va insonlarning boshqa faoliyatidan kelib chiqadigan biologik xilma-xillikka bo‘lgan ta’sirni kamaytirish, ekologik tizimni saqlash va qayta tiklash, biologik resurslarni barqaror asosda foydalanishi, genetik resurslardan foydalanish bilan bog‘liq foydalar esa to‘g‘ri va adolatli bo‘linib beriladi;
- biologik xilma-xillikni qiymati iqtisodiyotni har bir tarmoqlariga integratsiyalanadi;
- vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ilmiy asoslangan bo‘lib o‘z vaqtida va samarali amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi milliy strategiya tasdiqlanadi