00:09 / 09.02.2019
8 990

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 10—13 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, 10 va 11 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 11-12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 13 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 fevralda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10 va 12 fevralda 10-15 daraja iliq, 11 va 13 fevralda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 12 fevralda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 1- fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 va 13 fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 12 fevralda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 11-13 fevralda 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 10-11 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10 fevralda 0-5 daraja iliq, 11-13 fevralda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?