18:44 / 11.02.2019
10 267

O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi

O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi
12 fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubida yana nam havo massalarining kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 5-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar beradi FVV.

13-14 fevralda respublika iliq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, so‘ng Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 fevralga kunduz kuni havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

15 fevralda hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 7-12 daraja iliqni tashkil etadi.

16 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi