14:24 / 21.02.2019
5 563

General-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi asosiy maqsadlarini ma’lum qildi

General-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi asosiy maqsadlarini ma’lum qildi
21 fevral kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani boshlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov nutq so‘zladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
«Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi tinchlik siyosatini olib bormoqda. Uning mudofaa sohasidagi asosiy maqsadlari quyidagilar bo‘lib qoladi:
- davlat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish;
- davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash;
- xalqaro, mintaqaviy hamkorlikni, xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash.

Shu nuqtai nazardan, biz tomondan mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda ichki hamda tashqi tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik, buning oldini olish maqsadida Markaziy va Janubiy Osiyoning barcha davlatlari bilan o‘zaro tushunish, konstruktiv hamkorlik bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan mudofaa sohasidagi aloqalar har tomonlama kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining uzoq muddatli manfaatlaridan kelib chiqqan holda va mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida manfaatdor davlatlar bilan strategik hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda, qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Biz barcha davlatlar bilan Afg‘onistonda tinchlik, birinchi navbatda, xotirjamlikni ta’minlash uchun strategik aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga tayyormiz», - dedi Bahodir Qurbonov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » General-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi asosiy maqsadlarini ma’lum qildi