16:20 / 26.02.2019
4 923

Dubay hukumati Orolboʻyi uchun 10,7 mln dollarlik texnika va uskunalarni begʻaraz olib beradi

Dubay hukumati Orolboʻyi uchun 10,7 mln dollarlik texnika va uskunalarni begʻaraz olib beradi
Vazirlar Mahkamasining Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida boshlangan tadbirlarni yanada jadallashtirish hamda mazkur tumanni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha farmoyishi qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha:
- Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay Amirligi Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oʻrtasida Orolboʻyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida umumiy qiymati 10,7 mln AQSH dollariga teng qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalarini vazirlik uchun begʻaraz olib berish tariqasida texnik koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisida memorandum imzolangan;

- “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, Dubay Hukumati vakolatxonasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oʻrtasida 2019 yil 15 fevralda umumiy qiymati 10,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalarini Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasiga yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan hamda unga asosan qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalari uchun jamiyatga 2019 yilda 5 mln AQSH dollari, 2020 yilda 3 mln AQSH dollari, 2021 yilda 2,7 mln AQSH dollari miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga bankning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlari va “AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft GmbH” (Germaniya) bankining kredit liniyasi hisobiga 2 yil muddatga 1 yillik imtiyozli davr bilan yillik foiz stavkasi 4 foizga teng 5,7 mln AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada kredit ajratish haqidagi taklifi maʼqullandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolatini belgilangan tartibda berish vakolati berildi.

Belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining jalb etilgan krediti boʻyicha:

- “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi;

- kreditni qaytarish, foizlar, vositachilik toʻlovlari va boshqa xarajatlar “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning Dubay Hukumati vakolatxonasining texnik koʻmagi doirasida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.

Qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalarni ishlab chiqarish uchun zarur mablagʻlarni moliyalashtirish va mahsulotlarni yetkazib berish sxemasi tasdiqlandi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ushbu farmoyishning 1-bandida koʻrsatilgan shartnoma asosida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasiga istisno tariqasida bepul yetkazib berish tavsiya etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dubay hukumati Orolboʻyi uchun 10,7 mln dollarlik texnika va uskunalarni begʻaraz olib beradi