O‘zbekistonda yangi bayram – “Ota-onalar” kuni joriy etilishi mumkin. Bu haqda Mening Fikrim portalida petitsiya joylashtirildi.
Murojaat muallifining fikriga ko‘ra, o‘zbek xalqida ota-onaga hurmatda bo‘lish eng yuksak qadriyatlardan biridir. Shu sababdan ota-onalarga hurmat ruhini yoshlar ongiga chuqur singdirish zarur.
Ota-onalarga hurmat va e’zoz yuzasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida “Ota-onalar kuni” keng nishonlanadi. Masalan, BMTda ota-onalar kuni 1 iyun, AQShda – iyul oyining so‘ngi yakshanbasi, Koreyada 8 may va Vetnamda 7 iyul kuni nishonlanadi.
“Davlatimiz tomonidan “Ota-onalar kuni”ni bir sanada belgilash va mazkur kun doirasida oila, ota-onalarning mukarram va ulug‘ligini eslatuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini, bayram tadbirlarini o‘tkazishni taklif qilamiz”, - deyilgan murojaatda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi