14:56 / 27.02.2019
5 193

Uzbekistan Airways "Navro‘z" bayramiga ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qildi

Uzbekistan Airways "Navro‘z" bayramiga ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Navro‘z bayrami nishonlanadigan 21—24 mart kunlarida ichki reyslarga chegirmalar e’lon qildi. Aviakompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, bayram chegirmalari quyidagi shaxslarga taqdim etiladi:

— yakka shaxslarga — 30 foiz;
— sayyohlar guruhi (besh kishidan ortiq), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilari — 40 foiz;
— oilalar (ikki kishidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha farzandi bilan ota yoki ona) — 50 foiz;
— nafaqaxo‘rlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar — 50 foiz;
— 1941−1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, shuningdek Ikkinchi jahon urushi yillari orden va medallar bilan mukofotlangan shaxslar — 50 foiz;
— Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar — 50 foiz.

«Chegirmalar ko‘rsatilgan muddat kunlari barcha mahalliy qatnovlarda amal qiladi. Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining rasmiy ofislarida amalga oshirilmoqda», deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 12 noyabrida «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida ketma-ket to‘rt kun: 21 mart — bayram munosabati bilan ishlanmaydigan kun, 22 mart — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun, 23 va 24 mart — taqvim bo‘yicha dam olish kunlarida dam oladi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 30 dekabridan 2019 yil 3 yanvarigacha ham Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airways "Navro‘z" bayramiga ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qildi