00:05 / 01.03.2019
6 089

O‘zbekiston Qonun ustuvorligi reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?

O‘zbekiston Qonun ustuvorligi reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?
The World Justice Project (WJP) xalqaro mustaqil notijorat tashkiloti Qonun ustuvorligi indeksi 2019 reytingini e’lon qildi. Tashkilot qonun ustuvorligini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston 126 davlat ichida 94-o‘rinni va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasida 13 mamlakat orasida 12-pog‘onani egalladi. Indeks tuzuvchilarining ta’kidlashicha, mamlakatda qonun ustuvorligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan, bu mamlakatga jahon reytingida 2-o‘ringa yuqorilash imkonini bergan. Mintaqada O‘zbekistonning o‘rni o‘zgargani yo‘q.

O‘zbekistonning umumiy balli - 0,46. Kot d’Ivuar, Dominikan Respublikasi, Gvatemala va Liberiyada ham xuddi shuncha.

WJP qonun ustuvorligi reytingi sakkiz ko‘rsatkich asosida tuziladi: hukumat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiya darajasi, davlatning ochiqligi, qonun ustuvorligi va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, huquq tartiboti, fuqarolik sudi va jinoiy suddagi adolat ko‘rsatkichlari.

Mamlakat «Tartib va xavfsizlik» indikatori bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega - jahonda 9-o‘rin, Kanada, Vengriya va BAAning yonida. «Ochiq hukumat» indikatorida esa eng yomon ko‘rsatkich - 119-pog‘ona, Kongo, Togo hamda Eronning yonida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Qonun ustuvorligi reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?