11:14 / 01.03.2019
5 501

Senat Rossiya harbiy samolyotlarining O‘zbekiston hududidan parvoz qilishini ma’qulladi

Senat Rossiya harbiy samolyotlarining O‘zbekiston hududidan parvoz qilishini ma’qulladi
Senat O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida harbiy havo kemalarning mamlakatlar havo hududidan foydalanishini ma’qulladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hujjat bir davlatning harbiy havo kemalarining to‘xtovsiz​ manzilga uchib borishida havo hududidan foydalanish tartibini aniqlab beradi.

Senator Valeriy Tyanning aytishicha, hujjat bilan harbiy havo kemalarining boshqa davlat havo hududidan uchib o‘tishi jarayoni soddalashtiriladi, ruxsat olish va parvoz vaqti kamayadi.

«Ayni kelishuv, birinchi galda, O‘zbekistonning manfaatlariga to‘la mos keladi. Hujjat harbiy mahsulotlarni yetkazib berish shartlarini soddalashtirib, tashkiliy masalalarda qaror qabul qilish tezligini oshiradi», – deydi senator.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumat o‘rtasida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston va Rossiya havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi Bitim» o‘tgan yili 12 oktyabrda Toshkentda imzolangandi.

«Harbiy sohadagi hamkorlik bugungi kunda O‘zbekistonning qator xorijiy mamlakatlar, jumladan Rossiya munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu yo‘nalishda Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalar alohida o‘rin tutadi, chunki ushbu mamlakat muhim xalqaro siyosiy masalalarni hal qilishda katta salohiyatga ega. Bunday hamkorlik nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasidagi munosabatlar, qolaversa, MDH va xalqaro darajadagi tashkilotlar doirasida muhim o‘rin tutadi.

Rossiya Federatsiyasi doimo O‘zbekiston Respublikasining asosiy hamkori bo‘lib kelgani ma’lum. Bunday hamkorlik ikki mamlakat harbiy-siyosiy salohiyatining o‘zaro mushtarakligi bilan bog‘liqdir», – deydi senator S.Turdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senat Rossiya harbiy samolyotlarining O‘zbekiston hududidan parvoz qilishini ma’qulladi