13:35 / 02.03.2019
3 852

Vladivostokda Oʻzbekistonning bosh konsulxonasi rasman ochildi

Vladivostokda Oʻzbekistonning bosh konsulxonasi rasman ochildi
2019 yilning 1 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir chogʻida diplomatik vakolatxona joylashgan bino oldida mamlakatimiz bayrogʻi koʻtarildi.

TIV xabariga koʻra, marosimda Primore oʻlkasi vitse-gubernatori Konstantin Bogdanenko ishtirok etdi. U bilan savdo-iqtisodiy, turizm va boshqa sohalarda Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarida muzokaralar oʻtkazildi.

Shu kunning oʻzida Primore oʻlkasi maʼmuriyati/administratsiyasi binosida bosh konsulxonaning rasmiy ochilish tadbirlarida ishtirok etgan ishbilarmon doiralar va sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ularga mamlakatning savdo-iqtisodiy va turistik salohiyati haqida maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi manzili: 690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya koʻchasi, 46-uy, telefon raqami +7-423-260-48-00.

Ish vaqti: dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Rostov-Don, Oqtov, Guanchjou va Oʻshda konsulxonalar ochishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Vladivostokda Oʻzbekistonning bosh konsulxonasi rasman ochildi