18:56 / 03.03.2019
5 646

Oʻzbekistonlik sayyohlar Qrimda dam olishni xush koʻrishadi...(mi?)

Oʻzbekistonlik sayyohlar Qrimda dam olishni xush koʻrishadi...(mi?)
Qrim parlamentining sanator-kurort majmuasi va turizm qoʻmitasi rahbari Aleksey Chernyak Qrimga qaysi davlatlardan eng koʻp sayyohlar kelishini maʼlum qildi.

Chernyakning soʻzlariga koʻra, Qrimga dam olish uchun eng koʻp Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Germaniya, Isroil, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Moldova, Tojikiston va Oʻzbekistondan turistlar kelishadi.

“2018 yil yakunlariga koʻra, Qrimda dunyoning 144 mamlakatidan sayyohlar boʻlganlar. Toʻgʻri, u yoki bu mamlakatdan bir-ikki nafardan vakillar ham kelishgan, ammo shunday mamlakatlar borki, u yerdan kelgan sayyohlar ming-ming kishilarni tashkil etgan... Ukraina bu mamlakatlar orasida birinchi oʻrinda”, - deb aytgan Chernyak.

Ilgariroq Qrim respublikasi rahbari Sergey Aksenov 2018 yil kurort mavsumida Qrimga 6,8 million turistlar kelganini, bu esa sobiq ittifoq mamlakatlari orasida rekord koʻrsatkichni tashkil etishini taʼkidlagan edi. Shu bilan birga, dam oluvchilarning 16%i Ukraina davlat chegarasi orqali kirib kelganlar.

Qrim endigi kurort mavsumida plyajlar sonini 460 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi respublika kurortlar va turizm vaziri Vadim Volchenko.
Oʻtgan yili, vazirlik xabariga koʻra, Qrimda 446 ta plyaj faoliyat yuritgan.

Volchenko shuningdek, joriy yilda xavfsizlik masalalariga talab kuchaytirilayotgani, bu esa birinchi navbatda plyajlardagi qutqaruvchi-matroslar ishiga va umuman suv obyektlaridagi xavfsizlikka tegishlidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonlik sayyohlar Qrimda dam olishni xush koʻrishadi...(mi?)