23:21 / 04.03.2019
11 655

Samarqandlik talaba Oʻzbekiston nomini oʻzgartirishni taklif qildi

Samarqandlik talaba Oʻzbekiston nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Hozirda Xitoyda tahsil olayotgan samarqandlik talaba Abubakir Mamatov Oʻzbekiston nomini oʻzgartirishni taklif qilmoqda. Bu haqda oʻzining Facebook᾽dagi sahifasida maʼlum qilgan deb yozadi Sputnik.

Talaba Oʻzbekiston nomini Uzbekland yoki Neartland deb oʻzgartirishni taklif qilmoqda, chunki -iston qoʻshimchasi Pokiston va Afgʻoniston bilan bogʻliq boʻlgan salbiy tasavvurni uygʻotadi. U mamlakat nomi oʻzgartirilsa, mamlakatga kelayotgan turistlar oqimi yanada koʻpayadi, deb hisoblaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq oʻzbek yozuvchi Evril Turon (Mamadali Mahmudov) Oʻzbekiston iqtisodiy qudrat choʻqqisiga chiqqanda, poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga koʻchirish taklifini bildirgan edi. Uning fikricha, yangi poytaxt Gʻallaorol-Bulungʻur tumanlari oraligʻidagi Pomir tizmalarida joylashishi kerak. Shuningdek, u yangi poytaxtni Temurkent (Amir Temur sharifiga) deb atash taklifini kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandlik talaba Oʻzbekiston nomini oʻzgartirishni taklif qildi