Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurishi kutilyapti

  • 05 mart 2019, 16:55
  • 1 427
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurishi kutilyapti
    Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Mehmet Sureya Er Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 27 yil toʻlishi munosabati bilan matbuot vakillariga bayonot berdi.

    Elchi ikki yurt oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilishini koʻzda tutgan Protokolning 1992 yil 4 mart kuni imzolangani, bu sanadan soʻng oʻtgan 27 yil mobaynida ikki davlat munosabatlarining “Strategik hamkorlik” darajasiga erishishi ikkala qardosh mamlakat uchun ham iftixor manbai ekanini bildirdi.

    Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 30 aprel kuni Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston Oliy Majlisiga murojaatida ham ifoda etganlaridek, Oʻzbekistonning 1991 yil 31 avgust kuni oʻz mustaqilligiga yana bir bora erishishi xuddi oʻzbek qardoshlarimiz singari turk xalqi uchun ham buyuk iftixor manbai boʻldi. Keyingi jarayonlarda turk Hukumatlari Oʻzbekistonning kuchayib, rivojlanishiga xayrixoh boʻla olish uchun butun imkonlarini safarbar qildilar”, – deydi elchi.

    Oradan oʻtgan 27 yil mobaynida ikki yurt oʻrtasida koʻpgina sohada yuzdan ortiq bitimlar imzolanganini yodga olgan elchi 1996 yilda imzolangan “Abadiy doʻstlik va hamkorlik” Bitimining hozirgi kunda ham oʻz qadri va mazmunini saqlab qolganini, Bitimning oʻz nomi bilan, aslida abadiy boʻlmish doʻstlikning ahdnomasi xususiyatiga ega ekanini aytib oʻtdi.

    Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik va qardoshlik haqi ikki yurt munosabatlarining “Strategik hamkorlik” darajasiga yetishida muhim rol oʻynaganini belgilagan elchi: “2017 yil oktabr oyida janob Sh.M.Mirziyoyevning davlatimizga amalga oshirgan tashrifi va muhtaram Prezidentimizning oʻtgan yil aprel oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashriflari ikki davlat munosabatlari jihatidan tarixiy burilish nuqtasi boʻlib xizmat qildi” – dedi.

    Bundan tashqari, u Oʻzbekistonning 33 milliondan ortiq yosh va dinamik aholisi, boy tabiiy manbalari va barakali zamini hamda boshqa Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston bilan chegarasi boʻlmish yagona davlat ekani xususiyati bilan Markaziy Osiyoning yuragida strategik ahamiyatga molik yurt ekanini, prezident Mirziyoyevning uzoqni koʻra olish qobiliyati bilan yuritayotgan yetakchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ham ijobiy taʼsiri bilan Oʻzbekiston mintaqaviy tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikning oʻrnatilishi borasida tashlayotgan bunyodkor qadamlarning ham bizning davlatimizda, ham xalqaro hamjamiyatda yaqindan kuzatib borilayotganini bildirdi.

    Prezident Erdoʻgʻanning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida tuzilishi haqida kelishib olingan Strategik hamkorlik oliy kengashi 1-yigʻilishida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda Turkiyaga tashrif buyurishi koʻzda tutilayotganini bildirgan elchi mazkur Oliy kengash yigʻilishining Oʻzbekiston bilan koʻpgina sohada davom etib kelayotgan hamkorlikni strategik sheriklik istiqboli orqali chuqurlashtirishini, Turkiyaning insonparvar va tashabbuskor tashqi siyosati maqsadlari doirasida Markaziy Osiyo va uning tashqarisida tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikning bardavom boʻlishida Oʻzbekiston bilan yaqindan ishlashni davom ettirishini ifodalab oʻtdi.

    » » Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurishi kutilyapti