12:32 / 06.03.2019
4 144

Oʻzbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal paydo boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal paydo boʻlishi mumkin
Maktabgacha taʼlim vazirligida bolalar uchun yana bir telekanal tashkil etish va taniqli koreys teleradiokompaniyasi - EBS bilan hamkorlikda zamonaviy taʼlim media–kontentlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Maktabgacha taʼlim vazirligida Koreyaning taʼlim teleradiokompaniyasi EBS vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv chogʻida bolalar uchun taʼlim telekanali tashkil etish istiqbollari, maktab yoshigacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy taʼlim media–kontentlari yaratish imkoniyatlari, shuningdek malakali media–mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda shuningdek taʼlimiy dasturlar saqlanuvchi data– markaz tashkil etish, MTV mutaxassislarining Koreyaning taʼlimiy dasturlar uzatuvchi tizimida amaliyot oʻtash imkoniyatlarini koʻrib chiqish haqida soʻz bordi.

MTV Bosh boshqarma boshligʻi Yelena Ten soʻzlariga koʻra, vazirlik EBS mutaxassislarining shunchaki koʻngilochar emas, balki interaktiv taʼlim kontentlarini yaratishdagi tajribasiga eʼtibor qaratmoqda.

“Biz kontentlar faqat koʻngilochar boʻlishi va bolalar kun boʻyi televizor qarshisida vaqt oʻtkazishini istamaymiz. Ammo MTMga chiqmaydigan bolalar uchun telekanal uy sharoitida sifatli kontentga ega boʻlish imkoniyatini beradi, MTM bolalari uchun esa u rivojlanish jarayonidagi qoʻshimcha imkoniyatdir. Muzokaralar axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion Markazini ham tashkil etishni koʻzda tutgan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi 39559–sonli Qarori doirasida amalga oshirilmoqda. EBS vakillari mana shunday zamonaviy markaz barpo etishda bizga yordam berishlari mumkin”, - dedi Yelena Ten.

Maʼlumot uchun: EBS 1980 yilda tashkil etilgan boʻlib, ayni kunda Koreya Respublikasining yetakchi kanallaridan biri hisoblanadi. EBS oʻz ichiga 8ta telekanal va qator Youtube kanallarini olgan. YEVS “Pororo” personaji, shuningdek, “Ledi Bag va Super-mushuk”, “Vrumiz” multseriallari muallifi hisoblanadi.

2019 yil aprel oyida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal paydo boʻlishi mumkin