18:55 / 05.03.2019
6 037

Kosonda maktab oʻquvchilari majburiy mehnatga jalb etildi. Jurnalist oʻrtaga tushdi

Kosonda maktab oʻquvchilari majburiy mehnatga jalb etildi. Jurnalist oʻrtaga tushdi
Joriy yilning 19-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi. Bu haqda “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻinida ijodiy safarda boʻlgan “Nasafnews.uz” nashri muxbiri xabar bermoqda.

Muxbirimiz bergan maʼlumotlarga koʻra, 34-maktabning xoʻjalik mudiri voyaga yetmagan maktab oʻquvchilarini dars vaqtida majburiy mehnat ishlariga safarbar etgan. Oʻquvchilar maktab hududida joylashgan ariqni tozalash ishlarini bajarishgan.

Voqeaga guvoh boʻlgan muxbirimiz maktab jamoasidan vaziyat boʻyicha izoh soʻrashga harakat qilgan. Lekin masʼullardan aniq javobni ololmagach yigʻilish uchun tuman markaziga ketgan maktab rahbari Asqar Primovni ogohlantirgan.

Vaziyatdan xabar topgan direktor maktabda ilgari tahsil olgan jurnalist, ayni paytda Qashqadaryo teleradiokanali muxbiri Husniddin Ilyosovga bogʻlanib, holatni yashirishga harakat qilgan. Oʻz navbatida, Husniddin Ilyosov muxbirimizga qoʻngʻiroq qilib mana shu hudud deputatligini, qolaversa maktab qurilishida “jonbozlik” koʻrsatganligini “qistirib” oʻtib bu holatga koʻz yumishini soʻragan.

Bugun viloyatimizdagi maktablarda tez-tez uchrab turadigan voyaga yetmagan bolalarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari boʻyicha Qashqadaryo viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi nima deydi?…
Dilshod NABIYEV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kosonda maktab oʻquvchilari majburiy mehnatga jalb etildi. Jurnalist oʻrtaga tushdi