16:55 / 06.03.2019
7 619

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti abituriyentlar qabulini boshladi

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti abituriyentlar qabulini boshladi
Toshkent shahridagi Puchon Universitetiga kirish uchun abituriyent hujjatlarni onlayn yoki oflayn tarzda joriy yilning 6 martidan 5 apreliga qadar topshirishi mumkin. 2019 / 2020 oʻquv yilida Universitetda maktabgacha taʼlim, koreys tili va menejment hamda arxitektura fakultetlari faoliyat koʻrsatadi. Asosiy professor-oʻqituvchilar tarkibi Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi) va Oʻzbekiston Respublikasi mutaxassislaridan iborat.

2019 yil 6 mart, Toshkent shahri. Bugun Toshkent shahridagi Puchon Universitetida (BUT) abituriyentlarni qabul qilishning birinchi bosqichi - hujjatlar qabul qilish boshlandi. Ushbu bosqich 2019 yilning 5 apreliga qadar davom etadi. Bunda jami uchta bosqich nazarda tutilgan.

“Toshkent shahridagi Puchon Universitetining asosiy maqsadi maktabgacha taʼlim tizimi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ayni paytda respublikada ushbu sohada taʼlim tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha eng yaxshi xorijiy tajriba joriy etilgan holda kuchli modernizatsiya va yangilanish jarayonlari oʻtmoqda” – deb taʼkidlab oʻtdi Toshkent shahridagi Puchon Universiteti birinchi prorektori Son Yu Djin.

Fakultetlarda taʼlim tizimi quyidagilardan iborat:

Maktabgacha taʼlim (3+1)
1) BUT da 3 yillik taʼlim, taʼlim tugaganidan soʻng BUT bakalavr diplomi beriladi.
2) Toʻrtinchi bosqich Puchon Universitetida (Koreya Respublikasi) oʻtiladi. Oʻqish muvaffaqiyatli yakunlanganidan soʻng bitiruvchiga Puchon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.

Koreys tili va menejment (2+2)
1) BUT da 2 yillik taʼlim, taʼlim yakunlariga koʻra 2 ta diplom beriladi: Associate bachelor degree BUT i Associate bachelor degree, Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi)
2.1) Agar talaba qolgan ikkita bosqichni Toshkent shahrida davom ettirishni xohlasa, oʻqishni muvaffaqiyatli tugatganidan soʻng unga BUT bakalavr diplomi beriladi;
2.2) Agar talaba qolgan ikkita bosqichni Koreya Respublikasida davom ettirishni xohlasa, oʻqishni muvaffaqiyatli tugatganidan soʻng unga Puchon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.

Arxitektura (3+1)
1) BUT da 3 yillik taʼlim, taʼlim yakunlariga koʻra 2 ta diplom beriladi: Associate bachelor degree BUT i Associate bachelor degree, Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi)
2.1) Agar talaba toʻrtinchi bosqichni Toshkent shahrida davom ettirishni xohlasa, oʻqishni muvaffaqiyatli tugatganidan soʻng unga BUT bakalavr diplomi beriladi;
2.2) Agar talaba oʻqishni Koreya Respublikasida davom ettirishni xohlasa, oʻqishni muvaffaqiyatli tugatganidan soʻng unga Puchon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.

Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi ishi bir necha bosqichlardan iborat.

Birinchi bosqich - hujjatlarni qabul qilish. Ushbu bosqich bir oy mobaynida, 2019 yilning 6 martidan 5 apreliga qadar davom etadi.

Hujjatlarni oflayn tarzda quyidagi manzil boʻyicha joylashgan ”HAGWON” oʻquv markazida taqdim etish mumkin: Mirobod tumani, Afrosiyob koʻchasi, 6-uy (moʻljal: “Sal Sal” restorani), dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish uchun www.but.uz saytida arizani toʻldirish va tegishli hujjatlarning skanerlangan nusxasini ilova qilish lozim (qabul qabul komissiyasiga savollar boʻyicha quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin: + 99890 1163600; +99897 4630037; +99895 1963601).

Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. Diplom (shahodatnoma) nusxasi yoki ish joyidan maʼlumotnoma;
2. Pasport nusxasi;
3. STIR nusxasi;
4. Onlayn ariza;
5. Roʻyxatdan oʻtish badali: 1 EKIH.

Ikkinchi bosqich – 2019 yilning 13-19 aprel kunlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kompyuterda oʻtkaziladigan sinov:
  • “Maktabgacha taʼlim” va “Arxitektura” - ingliz tili;
  • “Koreys tili va menejment” - koreys tili.

Yozma imtihondan (sinovdan) ozod boʻlish shartlari:

- “Maktabgacha taʼlim” va “Arxitektura” yoʻnalishlari boʻyicha – IELTS 5 va undan yuqori yoki SEFR B1 va undan yuqori koʻrsatkichlarga ega sertifikat mavjud boʻlsa;

- “Koreys tili va menejment” yoʻnalishi boʻyicha – TOPIK 3 va undan yuqori koʻrsatkichlarga ega sertifikat mavjud boʻlsa.

Uchinchi bosqich – Universitet oʻqituvchilari bilan suhbat. Ushbu suhbat 2019 yilning 26-27 aprel kunlari boʻlib oʻtadi.

2019 yilning 3 may kuni tanlov bosqichlari natijalari eʼlon qilinadi.

Oʻqish qiymati, toʻlov tartibi va muddatlari, qabul qilish kvotasi, taʼlim tizimi va yozma imtihondan ozod boʻlish shartlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni www.but.uz saytidan olishingiz mumkin. Qabul komissiyasiga savollar boʻyicha quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin: + 99890 1163600; +99897 4630037; +99895 1963601

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahridagi Puchon Universiteti abituriyentlar qabulini boshladi