06:02 / 07.03.2019
13 762

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” kuni bilan tabriklaymiz

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” kuni bilan tabriklaymiz
Oʻlkamizga biz sogʻinib, orziqib kutgan fasllar ichida eng goʻzali boʻlmish bahor fasli kirib kelganini atrofimizda xushboʻy hid taratayotgan turfa gullardan, qiygʻos ochilib gullayotgan daraxtlardan, yoqimli ovoz ila sayrayotgan qushlarning ovozidan, yuzlaridan nur yogʻilib, yosharib, kundan-kunga goʻzallashib borayotgan ayollarimizni, opa-singillarimizni, onajonlarimizni koʻrib his qilishimiz mumkin.

Bahor faslining yaqinlashib kelayotgan bayramlaridan eng chiroyli va eng goʻzal bayrami boʻlmish 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” kuni bilan yurtimizdagi barcha latofatli, malohatli, dilbar onajonlarimiz, buvijonlarimiz, ustozlarimiz va opa-singillarimizni chin yurakdan qutlaymiz!!!


Sizlarga doimo baxtimizga sogʻ-omon boʻlishingizni, bahor gullaridek ochilib, yosharib, goʻzallashib, yuzlaringizdan nur yogʻilib yurishingizni, yaxshi kayfiyat hech ham tark etmasligini tilab qolamiz.


Yana bir bor 8-mart ayyomi bilan muborakbod etamiz!!!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” kuni bilan tabriklaymiz