22:23 / 07.03.2019
3 126

Oʻzbekiston yirik dengiz portlarida vakolatxonalar ochadi

Oʻzbekiston yirik dengiz portlarida vakolatxonalar ochadi
Oʻzbekiston yirik dengiz portalarida vakolatxonalar ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda yoʻlovchi va yuk tashuvlarini yanada rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasida aytiladi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Oʻrta Yer dengizi, Fors koʻrfazi havzalaridagi yirik dengiz portlari, shuningdek, transqitʼaviy dengiz uzellarida joylashgan portlarda vakolatxonalar, front-ofislar va stividor kompaniyalar tashkil etish boʻyicha takliflar kiritiladi.

Bu boradagi ishlarni amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 iyun. Masʼullar - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, Savdo-sanoat palatasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston yirik dengiz portlarida vakolatxonalar ochadi