06:34 / 08.03.2019
4 298

Toshkentda qonuniy asosda ishlovchi taksilar soni maʼlum qilindi

Toshkentda qonuniy asosda ishlovchi taksilar soni maʼlum qilindi
Toshkentda 5400 ta qonuniy asosda faoliyat koʻrsatuvchi taksi bor. Bu haqda prezidentning “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga bagʻishlangan maʼlumotnomada aytiladi.

Agar Toshkent aholisi soni 2,5 mln kishi ekani hisobga olinsa, unda shahardagi har ming kishiga 2,1 ta qonuniy asosda ishlovchi taksi toʻgʻri keladi.

Taqqoslash uchun, Parijda har 1 ming kishiga 7,7 ta avtomobil, Nyu-Yorkda 6,7 ta, Moskvada 4,5 ta, Londonda 9,9 ta, Dehlida 3,2 ta toʻgʻri keladi. Shu tariqa, shaharda qonuniy asosda ishlovchi yoʻnalishli boʻlmagan taksilar borasida katta yetishmovchilik mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda qonuniy asosda ishlovchi taksilar soni maʼlum qilindi