09:50 / 10.03.2019
7 177

Gulnora Karimova ayblanayotgan korrupsion sxema haqida AQSH batafsil maʼlumot berdi (2-qism)

Gulnora Karimova ayblanayotgan korrupsion sxema haqida AQSH batafsil maʼlumot berdi (2-qism)
Gulnora Karimova VimpelCom va Unitel mobil operatorining Oʻzbekistonda erkin faoliyat yuritishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda oʻz mavqeyidan foydalangani iddao qilinmoqda. Xizmat evaziga Karimova Uzdunrobita bosh direktori lavozimida ishlagan Bekzod Ahmedov orqali kompaniyalardan 114 million dollar pora olganlikda ayblanmoqda.

8 mart kuni Oʻzbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova va MTSning Oʻzbekistondagi shoʻba korxonasi - Uzdunrobita sobiq bosh direktori Bekzod Ahmedov AQSHda pul yuvish va 865 million dollar miqdorida pora olishda ayblanayotgani haqida xabarlar tarqadi.

“Korrupsiya Malikasi” — Gulnora Karimova ayblanayotgan korrupsion sxema haqida AQSH batafsil maʼlumot berdi (1-qism)

Qayd etilishicha, jinoiy ish “xorijiy korrupsiya amaliyotlari toʻgʻrisidagi qonun tarixida eng yirik holat” yuzasidan ochilgan.

Tergov versiyasiga koʻra, Gulnora Karimova uchta telekommunikatsiya kompaniyasidan 865 million dollar miqdorida pora olish va keyinchalik bu poralarni AQSH moliya tizimi orqali yuvish uchun oʻz rasmiy mavqeyidan foydalanishda ayblanmoqda.

Nyu-York Janubiy okrugi prokuraturasi ayblovida taʼkidlanishicha, noqonuniy pul aylanish sxemasiga sababchi boʻlgan kelishuv muloqotini olib borishda tomonlar AQSHda roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta xizmatlaridan foydalanishgan.

2005 yilda VimpelCom MDH davlatlaridagi faoliyatini kengaytirish maqsadida oʻzbek mobil operatorini sotib olish istagini bildiradi. Shunday qilib, 300 ming foydalanuvchiga xizmat koʻrsatayotgan Unitel va 2,5 mingga yaqin mijoz uchun ishlayotgan Buztel kompaniyalariga xaridor chiqadi.

AQSH prokuraturasi VimpelCom oʻzining manfaatdor vakillari orqali 2006 yilda 60 million dollar evaziga Buztel, 200 million dollarga Unitelʻni sotib olganini tasdiqlaydi.

VimpelComʻning oʻzbek bozoriga kirishda koʻmak bergani uchun Gulnora Karimova sherigi deb koʻrilayotgan Ahmedov orqali kompaniyadan pora olgani taʼkidlanmoqda.

Tergov ayblovida zikr etilgan 3 kompaniyaning biri (S) Unitelʻdan ulush olishga erishadi. Prokuratura bu kompaniyaning rahbari Karimova boʻlmasa-da, u (S) kompaniya ustidan toʻliq nazoratni oʻrnatganini bildirmoqda.

Unitelʻning 7 foiz aksiyasi uchun (S) kompaniyaVimpelComʻning Latviyadagi bank hisob raqamiga 20 million dollar oʻtkazib, 2009 yilda ayni shu ulushni 57,5 million dollarga sotgani iddao qilinmoqda. Bu pullar esa Gonkongdagi bank hisob raqamiga oʻtkazib berilgan.

VimpelCom Oʻzbekistonda 3G xizmatini koʻrsatish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga 25 million dollar pora bergani aytilmoqda.

Tergov versiyasiga koʻra, pora sifatida talqin etilayotgan pullar VimpelComʻning Niderlandiyadagi bank hisob raqamidan (S) kompaniyaning Latviyadagi bank hisob raqamiga ikki qismga boʻlib oʻtkazilgan.

2011 yilda esa (S) kompaniyaning Shveysariyadagi bank hisob raqami 30 million dollar bilan toʻldiriladi. AQSH prokuraturasi bu pullar VimpelComʻning Oʻzbekistonda 4G xizmatini koʻrsatish uchun taqdim etilgan litsenziya evaziga toʻlangan pora, deb biladi.

(S) kompaniyaning Oʻzbekistonda 4G xizmatini koʻrsatish boʻyicha tuzgan hisobot-rejasi esa internetdagi ochiq manbalar, xususan Wikipediaʻdan koʻchirilgan matnlar ekani iddao qilinmoqda.

Avvalroq, Rossiyaning MTS mobil operatori AQSH Adliya vazirligi va uning huzuridagi Qimmatbaho qogʻozlar va birjalar komissiyasi bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistondagi sobiq shoʻba korxonasi atrofidagi tergov doirasida 850 million dollarlik jarima toʻlashga tayyor.

AQSH rasmiylari ushbu tergovni 2014 yildan olib boradi, 2015 yil bahorda Niderlandiya prokuraturasi bilan birgalikda Vimpelcom, MTS va TeliaSonera kompaniyalarining Gulnora Karimova bilan aloqasi borligi taʼkidlanadigan Takilant kompaniyasi bilan bitimlari yuzasidan tergov boshlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Gulnora Karimova ayblanayotgan korrupsion sxema haqida AQSH batafsil maʼlumot berdi (2-qism)