09:20 / 13.03.2019
3 801

Oʻzbekiston Shveysariya poyezd va elektrichkalarini sotib oladi

Oʻzbekiston Shveysariya poyezd va elektrichkalarini sotib oladi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida Shveysariyaning Stadler kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda vagonsozlik yoʻnalishi boʻyicha ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Jumladan, Oʻzbekistonda yoʻlovchi vagonlari ishlab chiqarish hududdini tashkil etish, Markaziy Osiyo boʻyicha eksportni yoʻlga qoʻyish kabi bir qator istiqbolli loyihalar muhokamasi boʻldi.

“Tadbirda oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan Stadler kompaniyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarini sanoat korxonalarida joriy etish, elektrovozning asosiy tortish tizimi, butlovchi qismlarini mamlakatimizga yetkazib berish borasida takliflar bildirildi. Yigʻilishda Shveysariyada tayyorlangan zamonaviy metro poyezdlari va elektrichkalar harakatini Oʻzbekistonda joriy etish borasida ham soʻz bordi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuv soʻnggida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvga ham erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston Shveysariya poyezd va elektrichkalarini sotib oladi