16:30 / 13.03.2019
3 981

Oʻzbekistonga koʻp martalik viza narxi maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonga koʻp martalik viza narxi maʼlum boʻldi
Koʻp martalik uch yillik viza rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yigʻimi miqdori belgilandi, deb yozmoqda Norma.

Qayd etilishicha, prezidentning 6.03.2019 yildagi PF–5684-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tarifiga qoʻshimcha kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, EKIHning (investitsiya kiritish vaqtida oʻrnatilgan) 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek xorijiy korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekistonga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar koʻp martalik 3 yillik viza rasmiylashtirishlari mumkin. Uning amal qilish muddatini Oʻzbekistondan chiqmasdan cheklanmagan miqdorda uzaytirish mumkin.

Bunday vizani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yigʻimi – 350 AQSH dollari undiriladi.

Hujjat 6.03.2019 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonga koʻp martalik viza narxi maʼlum boʻldi