09:00 / 14.03.2019
4 269

Zilzila chogʻida Toshkent aeroportiga ikkita samolyotning qoʻnishi kechiktirildi

Zilzila chogʻida Toshkent aeroportiga ikkita samolyotning qoʻnishi kechiktirildi
13 martdan 14 martga oʻtar kechasi soat 02:33 da Toshkentda toʻsatdan, kuchli va tez roʻy bergan 4 ballik zilzila chogʻida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga ikkita samolyot qoʻnishga kelayotgan edi.

Ularning birinchisi — FZ1941 reys bilan Dubay – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan “Fly Dubai” aviakompaniyasining Boeing 737-8KN samolyoti boʻlsa, ikkinchisi “Uzbekistan airways” milliy aviakompaniyasining HY514 reys bilan Seul – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti edi.

“Novosti tashkentskogo neba” aviaspotterlar kanalining yozishicha, Toshkent xalqaro aeroportining Havo harakatlarini boshqarish dispetcherlari tomonidan har ikki samolyot zilziladan soʻng kutish zonasiga aylanib turish uchun yoʻnaltirilgan. Bu chora Toshkent xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagiga kuchli zilzila natijasida samolyotlarning xavfsiz qoʻnish imkoniga toʻsqinlik qiluvchi talafot yetmaganiga ishonch hosil qilish uchun qoʻllanilgan.

Toshkent yaqinidagi osmonda bir necha daqiqa charx urib turgach, har ikki havo kemasi eson-omon Toshkent aeroportiga qoʻngan.

Eslatib oʻtamiz, yakshanba kuni Efiopiyada yuz bergan aviahalokatdan soʻng jahonning koʻplab aviakompaniyalari Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni vaqtincha cheklashdi. Jumladan, Oʻzbekistonga xuddi shu tipdagi samolyotlarda 11 mart kuni qatnovlarni boshlagan BAA loukosteri “Fly Dubay” ham mazkur samolyotlardan foydalanishni vaqtincha chekladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Zilzila chogʻida Toshkent aeroportiga ikkita samolyotning qoʻnishi kechiktirildi