11:00 / 14.03.2019
3 511

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar uchun StrategEast mukofotiga sazovor boʻldi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar uchun StrategEast mukofotiga sazovor boʻldi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar uchun StrategEast Amerika markazi mukofotiga sazovor boʻldi. Bu haqda Markazning Britaniya parlamentidagi taqdimotida eʼlon qilingan.

Prezident Mirziyoyev iqtisodiyotni liberallashtirish va Oʻzbekistondagi investitsion muhitni yaxshilash boʻyicha ishlari uchun StrategEast Award mukofotiga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, Mirziyoyevning chegaraoldi ziddiyatlarini bartaraf etish va qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi qayd etildi.

StrategEast Westernization Award mukofoti har yili sobiq sovet ittifoqi davlatlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotini rivojlantirishga qoʻshilgan hissa uchun beriladi.

Oʻtgan yili AQSHning StrategEast strategik markazi sobiq sovet ittifoqi davlatlarining gʻarblashuv darajasi boʻyicha reytingni tuzdi. Tadqiqot mualliflari Rossiyadan tashqari 14 mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy sohalarni baholashdi.

Tadqiqot mualliflari jamiyat siyosiy rivojlanishning gʻarb modellari, huquqiy faoliyat va hayot tarzini qabul qiladigan oʻzgarishlarni gʻarblashuv deb atagan.

Reyting tuzuvchilari fikricha, Boltiqboʻyi davlatlari eng gʻarblashgan sanaladi. Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston eng “gʻarblashmagan” deb topildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar uchun StrategEast mukofotiga sazovor boʻldi