Foto: Kazinform
Qozogʻiston oʻzbekistonlik tadbirkorlarga mamlakat qishloq xoʻjaligi loyihalarida ishtirok etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yermek Kosherbayev biznes-forum yakunlari boʻyicha xabar berdi, deb yozmoqda “Kun.uz”.
“Biz oʻzbekistonlik tadbirkorlarni qishloq xoʻjaligi loyihalarimizda keng ishtirok etishga taklif qildik, sababi Qozogʻiston - Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozoriga kirish uchun katta maydon. Ayni paytda biz ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston tomonidan javob oldik, uni muhokama qilamiz. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasi ham har ikki mamlakat ishbilarmonlari orasida qiziqish uygʻotmoqda”, - dedi Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga Oʻzbekiston bilan birgalikda yangi xalqaro savdo zonasi va “Turkiston” oʻtkazish punkti yaratish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?