07:05 / 15.03.2019
3 588

Prezident qarori bilan xalqaro shartnoma tasdiqlandi

Prezident qarori bilan xalqaro shartnoma tasdiqlandi
Oʻzbekiston Prezidenti qarori bilan Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalil hisoblangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, oʻqotar qurol, uning asosiy qismlari, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlandi. Mazkur Bayonnoma 2017 yil 11 oktabr kuni Sochi shahrida imzolangan.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi - yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining masʼul vakolatli organi etib;

jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari ish yurituvida boʻlgan yoxud sudga yuborilgunga qadar ish yurituvida mavjud boʻlgan tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar - yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomaga muvofiq ashyoviy dalillarni bevosita berish va qabul qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining masʼul vakolatli organlari etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida va uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar haqida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident qarori bilan xalqaro shartnoma tasdiqlandi