10:50 / 15.03.2019
3 532

Oʻzbekiston va Rossiya Markaziy banklari toʻlov kartalari tizimlarini integratsiya qiladi

Oʻzbekiston va Rossiya Markaziy banklari toʻlov kartalari tizimlarini integratsiya qiladi
Foto: Markaziy bank
12 mart kuni Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi banklararo Hamkorlik boʻyicha kichik komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

MB xabariga koʻra, yigʻilishda ikki mamlakatning markaziy banklari, moliya va iqtisodiy rivojlantirish vazirliklari, banklari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasi va Moskva birjasi vakillari ishtirok etdi. Yigʻilishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining birinchi oʻrinbosari T.Ishmetov va Rossiya Banki Raisining birinchi oʻrinbosari K.Yudayeva hamraislik qildilar.

Anjuman chogʻida tomonlar keng doiradagi, xususan banklararo hamkorlik, milliy toʻlov tizimlarini rivojlantirish, bank nazorati va ular faoliyatini tartibga solish, jumladan, transchegaraviy banklarni birgalikda nazorat qilish, moliyaviy ommaboplikni oshirish, xodimlarni malakasini oshirish sohalariga tegishli masalalarni muhokama qildilar.

Yigʻilish doirasida tomonlar bank nazorati sohasida Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banklari oʻrtasida bank nazorati borasida, shu jumladan transchegaraviy banklarni birgalikda nazorat qilishda qoʻllanilayotgan yondashuvlar boʻyicha oʻzaro tajriba almashish va yaqin hamkorlik oʻrnatish imkonini yaratadigan oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum ishlab chiqishni kelishib oldilar.

Foto: Markaziy bank
Rossiya va Oʻzbekistonning toʻlov kartalari milliy tizimlarini tizimlararo integratsiyalash va toʻlov tizimlari sohasidagi yondashuvlarni tartibga solish va kuzatib borish (nazorat) boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Tomonlar xodimlar malakasini oshirish sohasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzoladilar.

Yigʻilish ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi va mazkur tashabbus banklararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga sharoit yaratishini qayd etdilar. Kichik komissiyaning navbatdagi majlisi Toshkentda boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston va Rossiya Markaziy banklari toʻlov kartalari tizimlarini integratsiya qiladi