Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga oʻzgartirishlar kiritiladi

  • 16 mart 2019, 10:57
  • 1 366
  • O‘zbekiston
  • Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga oʻzgartirishlar kiritiladi
    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

    Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 305-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

    305-modda. Mulkiy ziyonni qoplash manbai.

    Ushbu Kodeks 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan ziyon mansabdor shaxslari zarar yetkazgan davlat organlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan, 2-bandida koʻrsatilgan ziyon Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

    Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 991-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

    “Qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof qoʻllanish, qamoq tariqasidagi maʼmuriy jazoni qonunga xilof tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, qonunda belgilangan tartibda mazkur davlat organlari tomonidan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan toʻla hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.”.

    » » Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga oʻzgartirishlar kiritiladi