23:00 / 16.03.2019
5 004

Qozogʻiston Oʻzbekistonga sputnik yaratishni taklif qilmoqda

Qozogʻiston Oʻzbekistonga sputnik yaratishni taklif qilmoqda
Qozogʻiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputniklardan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda Qozogʻiston Bosh vazir oʻrinbosari Jenis Qosimbek xabar qilmoqda.

“Biz konkret regional loyihani taklif qilmoqdamiz, yaʼni, yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputnikdan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqdamiz, bu guruhda har bir mamlakatga bittadan sputnik tegishli boʻladi”, - dedi Qosimbek forumda chiqishi davomida.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatidan har biriga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini rivojlantirish uchun oʻz monitoringini olib borishga imkon yaratadi.

“Kelajakda bu takliflarni tahlil qilish va oʻrganish uchun barcha mamlakatlarga yoʻllashga tayyormiz”, - degan Qosimbek.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda juma kuni Markaziy Osiyoning beshta davlati hukumat delegatsiyalari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qozogʻiston Oʻzbekistonga sputnik yaratishni taklif qilmoqda