17:50 / 18.03.2019
5 891

19 mart kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

19 mart kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 mart kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 19 mart kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti