11:25 / 19.03.2019
4 846

Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar uchligiga kirdi

Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar uchligiga kirdi
Iqtisodiy prognozlashga ixtisoslashgan The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi 2019 yilda istiqomat qilish uchun eng qimmat shaharlar roʻyxatini aniqladi. Tadqiqot 30 yildan beri har yili olib boriladi, deb yozmoqda Kun.uz.

Tahlilchilar dunyodagi 133ta shaharda non va birinchi ehtiyoj boʻyicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi, u jami 100 ballni tashkil etgan.

Dastlabki uchta oʻrinni bir vaqtning oʻzida uchta shahar egalladi - Parij, Gonkong va Singapur. Umuman olganda, dunyodagi eng qimmat shaharlar oʻntaligi quyidagicha koʻrinishga ega:

1. Singapur (Singapur)
1. Parij (Fransiya)
1. Gonkong (Xitoy)
4. Syurix (Shveysariya)
5. Jeneva (Shveysariya)
5. Osaka (Yaponiya)
7. Seul (Janubiy Koreya)
7. Kopengagen (Daniya)
7. Nyu-York (AQSH)
10. Tel-Aviv (Isroil)
10. Los-Andjeles (AQSH)
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, hayot, odatda, eng qulay va xavfsiz boʻlgan shaharlarda qimmatdir. Bu roʻyxatdagi deyarli barcha shahar dunyoda yashash uchun eng yaxshi joylar reytingiga kiritilgan.

Aksincha, imkoniyatlar kam, siyosat yoki iqtisodiyot bilan muammolar kuzatiluvchi joylarda istiqomat qilish nisbatan arzon. Xususan, Karakas (Venesuela), Damashq (Suriya) va Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlarga aylandi.

Umuman olganda, dunyodagi eng arzon shaharlar roʻyxati quyidagicha koʻrinishga ega:

1. Karakas (Venesuela)
2. Damashq (Suriya)
3. Toshkent (Oʻzbekiston)
4. Olmaota (Qozogʻiston)
5. Bangalor (Hindiston)
6. Karachi (Pokiston)
6. Lagos (Nigeriya)
7. Buenos-Ayres (Argentina)
7. Chennay (Hindiston)
8. Nyu-Dehli (Hindiston)

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar uchligiga kirdi