18:45 / 25.03.2019
3 648

Abu-Dabida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi (foto)

Abu-Dabida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi (foto)
Abu-Dabi shahridagi “Qasr al-Vatan” saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari davlat madhiyalari yangradi.



Shundan soʻng ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi.


Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul va yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizning diniy-maʼnaviy qadriyatlari mushtarak ekani, bu ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro ishonch va hurmat ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga asos boʻlishini taʼkidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abu-Dabida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi (foto)