08:15 / 26.03.2019
5 372

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda meva eksport qilish boʻyicha yetakchi boʻldi

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda meva eksport qilish boʻyicha yetakchi boʻldi
Qirgʻizistonda mutaxassislar boshqa davlatlarga yetkaziladigan mevalar hajmini tahlil qilib, oʻz davlati eksportini qoʻshni davlatlarniki bilan taqqosladi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Hozir kunda qishloq xoʻjaligi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun hamon eng muhim soha boʻlib qolmoqda.

“Qozogʻiston va Qirgʻizistonda hoʻl mevalar xalqaro savdosi bir maromida emas. Shu bilan birga, oʻrik, uzum, gilos va poliz mahsulotlari importi eksportdan sezilarli darajada yuqori. Tojikistonda esa hoʻl mevalar tashqi savdosi cheklangan, ammo ijobiy balansga ega”, — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston hoʻl mevalar tashqi savdosida Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi, eksport savdosi esa qoʻshni davlatlar koʻrsatkichiga nisbatan taxminan 34 baravar yuqori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda meva eksport qilish boʻyicha yetakchi boʻldi