20:54 / 26.03.2019
3 997

Dubay amiri Tvitterda oʻzbek tilida tvit yozdi (foto)

Dubay amiri Tvitterda oʻzbek tilida tvit yozdi (foto)
BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Tvitterda oʻzbek tilida tvit yozdi.

“Biz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Ushbu tashrif ikki davlatimiz oʻrtasidagi aloqalarda yangi sahifani ochib beradi”, deyiladi unda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 26 mart kuni Dubay shahrida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara oʻtkazdi.

Koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari Shavkat Mirziyoyevning Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan “Zaabil” saroyida boʻlib oʻtgan uchrashuvining asosiy mavzusi boʻldi.

Dubay amiri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqqan Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Oʻzbekiston prezidentining BAAga tashrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dubay amiri Tvitterda oʻzbek tilida tvit yozdi (foto)