11:09 / 27.03.2019
3 064

Oʻzbekistonda turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli tasdiqlandi

Oʻzbekistonda turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli tasdiqlandi
Oʻzbekistonda turistik yoʻllanma — vaucherning namunaviy shakli va uni toʻldirish tartibi belgilandi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi maʼlum qildi.

Mazkur yoʻllanma (vaucher) turistning (turistlar guruhi) sayohat tarkibiga kiritilgan va tadbirkorlik subyekti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni (joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiya, transport xizmatlari va boshqalar) toʻlanganligi va turist (turistlar guruhi)ning ushbu xizmatlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Endilikda turizm faoliyati subyektlari tomonidan turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi subyektlarga tasdiqlangan namunaviy shakl boʻyicha vaucher berilishi mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot sifatida eslatib oʻtamiz:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208 moddasi 15 bandiga muvofiq turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻllanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlarini realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3514-son Qarorining 8-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab turistik yoʻllanmalar (vaucher)ni turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan subyektlardan sotib olishga yoʻnaltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.

Vaucherning namunaviy shaklini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli tasdiqlandi