16:30 / 27.03.2019
2 654

Shavkat Mirziyoyev BAAdagi innovatsion shaharchada boʻldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev BAAdagi innovatsion shaharchada boʻldi (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Masdar City” texnoparkiga tashrif buyurdi.

“Masdar City” zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yutuqlari asosida bunyod etilgan innovatsion shaharchadir. 600 gektarni egallagan texnopark ekologik toza hudud hisoblanib, bu yerda faqatgina muqobil energiya – quyosh batareyalari va fotoelektr qurilmalaridan foydalaniladi. Hududga avtomobillar kirishi taqiqlangan. Manzillarga haydovchisiz boshqariladigan elektr transportlarida boriladi.

Tashrif chogʻida texnoparkning oʻziga xos jihatlari haqida soʻzlab berildi. Aytib oʻtilganidek, bu yerda innovatsion ishlanmalar yaratish, ulardan turli sohalarda foydalanish uchun zarur ilmiy-ijodiy muhit yaratilgan. Koʻchalarda moʻtadil iqlimni taʼminlab turadigan ventilyatorlar, favvora va havzalar barpo qilingan.

Shavkat Mirziyoyev quyosh panellari ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladigan laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Bunday maskanlar fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalangan holda insoniyatning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, mamlakatlar oʻrtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutishi qayd etildi.

Davlat rahbari Xalifa universitetida mazkur sohada ilmiy izlanish olib borayotgan oʻzbekistonlik talaba qiz bilan suhbatlashdi. Bu yerda olgan bilim va tajribalarini mamlakatimizda tatbiq etib, yurtimizda muqobil energetikani rivojlantirishga hissa qoʻshish muhimligini taʼkidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BAAdagi innovatsion shaharchada boʻldi (foto)