18:20 / 27.03.2019
2 577

Barqaror rivojlanish uchun energiya samaradorligi

Barqaror rivojlanish uchun energiya samaradorligi
Oʻzbekiston mavjud Fargʻona va Buxoro zavodlarini modernizatsiya qilish maqsadida Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boʻyicha reajalarini bekor qilgan holda milliy energetika sohasi rivojiga boʻlgan yondoshuvni yangiladi. “Neftegazinvest” kompaniyasining boshqaruv rahbari oʻrinbosari Husniddin Toʻrayev xabar berdi.

Mazkur qadam mamlakatda mavjud energiyaning yetishmaslik darajasini kamaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarining energiya samaradorligini oshirish yoʻnaltirilgan. 2018 yil oxiridagi holatga koʻra, respublika NQIZ oʻrtacha yuki 60 foizdan oshmadi.

Shu bilan birga, Toʻrakvning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston 2017 yilda imzolangan hamkorlik kelishuviga binoan Oʻzbekiston Qozogʻistondan hom neft import qilishni rejalashtirgan. Biroq import hajmi avval kelishilgan 2 million tonnadan sezilarli darajada kamroq boʻlib, ichki energetika ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi.

Oʻzbekiston milliy energetika sohasidagi mavjud kompleks muammolarni hal etish uchun qator choralarni amalga oshirmoqda. Fevral oyida davlat rahbari umumiy qiymati 8,1 milliard dollar boʻlgan 31 sanoat loyihalarini moliyalashtirishni tasdiqladi. Roʻyxat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlari va infratuzilmalarni modernizatsiya qilishga qaratilgan tashabbuslarni oʻz ichiga oladi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) rivojlantirish uchun ahamiyatli istiqbollar mavjud. Respublika Prezidenti energetika vazirligi va “Oʻzbekenergo” AJ zimmasiga 2,5 milliard dollar umumiy qiymatdagi 13 loyiha uchun xorijiy hamkorlarni izlab topish vazifasini yukladi.

Energiya tanqisligining oʻsishi va amalga oshirishning turli bosqichlaridagi mavjud qator loyihalarni hisobga olgan holda, tovon orqali ichki bozorda mavjud energiyaning yetishmasligini kamaytirish yirik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga imkon beradi.

Masalan, yapon konsorsiumi Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power System sentabr oyida Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasi (BGQ)ni ishga tushirishni rejalashtirgan boʻlib, bu Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining samarali faoliyatini taʼminlaydi, qolgan quvvat esa mahalliy aholining energiya tanqisligini qondirishga sarflanadi. Yaponiya texnologiya yetkazib beruvchi kompaniyasi yuqori darajali FIK bilan respublikada zamonaviy va samarador energiya BGQ qurilishlarini davom ettirishni maqsad qilgan.

Oʻzbekistonda energetika xavfsizligi manfaatlari yoʻlidagi samarali hamkorlikka yana bir misol – LUKOYL bilan har yili ichki bozorga 5 milliard kub metr qiymatida gaz yetkazib berish boʻyicha mart oyida tuzilgan shartnomadir. Mazkur chora-tadbir energiya talabini tezkorlik bilan uygʻunlashtirishga va istiqbolli loyihalarning barqaror rivojini taʼminlashga yordam beradi.

LUKOYL respublikadagi yirik xorijiy investor boʻlib, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyaning umuiy hajmi 8 milliard dollarni tashkil etadi. Kompaniya ijtimoiy soha va ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligiga keng koʻlamli investitsiya ajratadi. Kompaniyaning barcha faoliyat turlari ekologik xavfsizlik boʻyicha xalqaro standart (ISO 14001:2015) asosida boshqariladi. Xauzak-Shodi uchastkalarida Qandim konlari guruhini ishlab chiqishda atrof-muhitning biologik xilma-xilligini saqlash boʻyicha harakatlar rejasi amalga oshirilmoqda. Bunday yondoshuv Oʻzbekistonda karbonat angidrid chiqindilari bilan bogʻliq ogʻir vaziyatda juda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu tariqa, mamlakat energetika mustaqilligi uchun jiddiy tahdid solgan va koʻp hollarda istiqbolli loyihalarning oʻsish surʼatini cheklaydigan ichki bozor energiya tanqisligi muammolarini bartaraf etish yirik bozor oʻyinchilari bilan hozirgi vaqtda aholining tejamkor energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun yoʻnaltirilgan va mamlakatning barqaror ekologik hamda ijtimoiy rivojlanishi uchun investitsiya kiritishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini ustuvor rivojlantirishga imkon beradi.

Bunday yondoshuv orqali tadbiq etilgan eng yaxshi amaliyotlar yangi bozor ishtirokchilari uchun namunaga aylanadi va Oʻzbekiston manfaatlari yoʻlida yangi loyihalarni amalga oshirishdagi vaqtinchalik harajatlarni qisqartirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Barqaror rivojlanish uchun energiya samaradorligi