17:47 / 28.03.2019
3 467

Jomboy hududida Temuriylar davriga oid tangalar topilgani aytilmoqda

“Jomboy tongi” gazetasi tuman hududidan temuriylar davriga tegishli boʻlishi taxmin qilinayotgan tangalar topilganini xabar qildi.

Gazeta muxbiri Orifjon Odilovning yozishicha, tangalar tuman hududidagi Nogahon mahallasi hududidagi buzilayotgan tepaliklardan topilgan. Manbaning mahalliy aholi soʻzlariga tayanib xabar berishicha, bu yerdan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui qurilishi uchun bu yerdan tuproq olib ketilgan. Oradan koʻp oʻtmay, qazishma joyidan qadimiy sopol parchalari, mis tangalar topib olingan.

"Tangalar shaklan bir xil emas. Qirrasi aniq tartibga solinmagan. Sirtidagi matnlarga qaraganda, bir necha turkumga mansub.

Taxminimizcha, temuriylar davriga oid. Bunday deyishimizga qator sabablar bor,” – deydi muallif maqolasida.

“Avvalo, ularning birida sezilar-sezilmas 896 sanasi qayd etilgan. Katta ehtimol bilan hijriy-qamariy yil boʻyicha zarb etilgan vaqtga ishora qilsa kerak. Milodiy hisobda esa 1491 yilga toʻgʻri keladi. Bu davrda Movarounnahrda temuriylar hukmronlik qilardi,” – deya fikrini davom ettirar ekan, yana quyidagi faktlarni ham keltirib oʻtadi.

“Boshqa tangalarda raqamlar uchramaydi. Naqshinkor arabeska uslubidagi matnlarda “fuls” va “Alloh” soʻzlari ajralib turibdi.

Markaziy Osiyo numizmatikasini mufassal oʻrgangan olim Irpan Tuxtiyev “Temur va temuriylar sulolasining tangalari” risolasida “Amir Temur tangalarida biz arabcha, forscha, turkcha va moʻgʻulcha soʻzlarni oʻqiymiz”, deb yozadi. Fikrini davom ettirib, temuriylar tangasida forscha “zarb” (ﺿﺮﺏ) soʻzi koʻp qoʻllanganini taʼkidlaydi. Eʼtiborlisi, tumanimizdan topilgan tangalarda ham shunga oʻxshash matn uchraydi.”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jomboy hududida Temuriylar davriga oid tangalar topilgani aytilmoqda