16:24 / 28.03.2019
3 111

Shavkat Mirziyoyev BAA safaridan keyin Buxoroga borishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev BAA safaridan keyin Buxoroga borishi kutilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida 29 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 29 mart kuni Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida tashrif buyurishi rejalashtirilyapti”, — deyiladi Buxoro teleradiokompaniyasining Telegramʻdagi kanali xabarida.

Prezident 24 martdan buyon Birlashgan Arab Amirliklarida rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BAA safaridan keyin Buxoroga borishi kutilmoqda