09:30 / 29.03.2019
3 519

Prezidentning BAAga tashrifi natijalari boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev maʼlumot berdi

Prezidentning BAAga tashrifi natijalari boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev maʼlumot berdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi doirasida energetika sohasida qator kelishuvlarga erishilgan. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Axborot” dasturida maʼlumot berdi.

«Shuni aytish kerakki, Birlashgan Arab Amirliklarida prezidentimizni eng qadrdon doʻst sifatida qabul qilishdi. Barcha muzokaralar doʻstona va oʻta iliq muhitda boʻlib oʻtdi. Amirliklar rahbarlari Oʻzbekiston bilan hamkorlikka astoydil intilmoqda.

Ishonch bilan aytish mumkinki, prezidentimizning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi juda muvaffaqiyatli va samarali boʻldi. Tashrif yakunlariga koʻra, 10 milliard 675 million dollarlik bir qator loyihalar boʻyicha salmoqli hujjatlar toʻplami imzolandi.

Bu loyihalar diversifikatsiya qilingan: manzili, maqsadi, mablagʻi, vaqti aniq. Misol uchun, neft-gaz sohasini oladigan boʻlsak, bu boradagi loyihalar geologik-qidiruvdan tortib, qazib olish va chuqur qayta ishlash jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Energetika sohasida esa nafaqat anʼanaviy issiqlik elektr energiyasi, balki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish orqali, energetika yoʻnalishidagi boshqa ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish koʻzda tutilgan. Bu Mubadala Utilities kompaniyasi bilan hamkorlikda roʻyobga chiqariladi.

Shuningdek, muqobil energetika sohasi, xususan, shamol, quyosh energiyasi boʻyicha ham aniq ishlar bajariladi. Umuman, BAA bilan hamkorlik koʻplab yoʻnalishlarni qamrab olgan.

Mening fikrimcha, muhtaram prezidentimiz tashrifi yakunlari boʻyicha maksimal natijalarga erisha oldik. Gap faqat loyiha va kelishuvlar miqdorida emas, balki ularning sifati haqida ham bormoqda.

Yaʼni, Birlashgan Arab amirliklarining Mubadala Utilities, Mubadala Petroleum, Masdar va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik orqali biz Oʻzbekistonga eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etmoqdamiz. Tashrif yakunlari boʻyicha biz bu mamlakatning energetika sohasidagi eng yetakchi kompaniyasi boʻlmish Masdar bilan Oʻzbekistonda quvvati 500 megavattli shamol elektrostansiyasi qurish boʻyicha kelishib oldik. Shuningdek, biz quyosh energetikasi boʻyicha bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishdik. Bu loyihalar boʻyicha ishlar shu yilda boshlanadi», degan Elyor Gʻaniyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentning BAAga tashrifi natijalari boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev maʼlumot berdi