12:12 / 29.03.2019
3 303

BAA investorlari Oʻzbekistonda yangi IES qurishmoqchi

BAA investorlari Oʻzbekistonda yangi IES qurishmoqchi
BAA investorlari Oʻzbekiston prezidentining ushbu mamlakatga tashrifi doirasida amalga oshirgan kelishuvlar Oʻzbekistonda energetika sohasiga katta eʼtibor qaratishadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo Sardor Umurzoqov maʼlum qildi.

«Oʻzbekiston rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi bu davlat hukumati va bu yerdagi ishbilarmonlar doiralari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

BAA Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga, davlatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu tashrif doirasida 12ta shartnoma imzolandi va ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq boʻldi. Bunaqasi tarixda boʻlmagan.

Avvalambor energetika sohasidagi kelishuvlarni eʼtirof etish mumkin. Bu sohada bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha mablagʻ kiritishmoqchi. Birinchi navbatda, Tolimarjon IESda qoʻshimcha quvvatlarni yaratish, bundan tashqari yana bitta issiqlik elektrostansiyasini qurish loyihasi koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, hamkorlar muqobil elektr manbalari yaratishga eʼtibor qaratishmoqda. Bu loyihalar doirasida 500 megavattli shamol elektrostansiyasi, quyosh elektrostansiyasi ham qurilishi koʻzda tutilgan», degan vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » BAA investorlari Oʻzbekistonda yangi IES qurishmoqchi