14:17 / 30.03.2019
3 320

Mirziyoyev: “Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan alohida ishlash zarur”

Mirziyoyev: “Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan alohida ishlash zarur”
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan faollar yigʻilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat rahbari mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani, uning natijalari har bir sohada sezilib, odamlar ertangi kunga umid bilan qarayotganini taʼkidladi.

- Hamma ishlarimiz, rejalarimiz Oʻzbekiston xalqining manfaati uchun. Bu hududlarda, har bir koʻchada, odamlar hayotida namoyon boʻlishi uchun quyi darajada sifat, bilim, fidoyilik yuqori boʻlishi kerak. Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan manzilli, alohida-alohida ishlash zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatning barcha hududlari singari Buxoro viloyatini ham jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va hayotini yaxshilash ishlariga ustuvor eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.

– Moddiy koʻmak, tizim boʻmasa, natija boʻlmaydi. Shuning uchun har bir qarorni moddiy manbalari bilan qabul qilyapmiz. Buxoroga ham katta tayyorgarlik bilan keldik, – dedi prezident.

2019-2020 yillarda viloyatda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida umumiy qiymati qariyb 25 trillion 353 milliard soʻm boʻlgan 625 ta yirik va oʻrta investitsiya loyihalari dasturi ishlab chiqilgani taʼkidlandi. Bu salkam 30 ming doimiy ish oʻrni yaratishni taʼminlaydi.

Yigʻilishda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.

Uni videoselektor orqali shahar va tumanlar aholisi kuzatib bormoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev: “Qarsaklar, balandparvoz gaplarga chek qoʻyib, har bir xonadon, shaxs bilan alohida ishlash zarur”